17:03 / 23.12.2022
15919

Korzinka 100-supermarketni xalqimizga taqdim etdi

22 dekabr kuni Korzinka supermarketlar tarmog‘ining yubiley supermarketi ochildi. 100-filial - Korzinka Shahriston poytaxtning Amir Temur shoh ko‘chasidagi 112-uyda joylashgan.

Foto: Korzinka

Shu kuni erta tongdan Korzinka muxlislarini tetiklantiruvchi musiqa, do‘stona animatorlar va shirinliklar bilan kutib oldi. Do‘konning eng muhim xaridorlari — jajji bolajonlarning sevimli Joykis eko-qahramonlari bayram davomida barchani raqslar bilan xushnud etishdi, bo‘yi baland piyodalar sharlar tarqatishdi, mimlar esa mehmonlar kayfiyatini ko‘tarib kulgili selfilar olishdi. Supermarket ochilishi oldidan Korzinka hamkorlari mehmonlarni yangi tayyorlangan steyklar, issiq ichimliklar va turli xil sneklar bilan siylashdi.

Hamma uchun asosiy sovg‘a tantanali parad bo‘ldi. Ushbu yorqin tadbirda butun O‘zbekiston bo‘ylab Korzinkaning 99 ta do‘konidan xodimlar har bir filialni ramziy taqdim etgan korzinkalar bilan bir qatorda, nog‘ora sadolari ostida 100-supermarket tomon yo‘l oldilar. Yuzlab mehmonlar yuzlarida tabassum bilan xodimlarni kutib olishdi va tantana miqyosidan hayratda qolishdi.

An’anaga ko‘ra, yangi do‘kon ochilishi kompaniya asoschisi Zafar Hoshimovning nutqi bilan boshlandi. U mehmonlar bilan 1997 yilda Darxonda ochilgan birinchi supermarket haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. O‘sha paytda Zafar Hoshimovning kompaniyadagi barcha sakkiz nafar xodimlarga asosiy ko‘rsatmasi kompaniya qadriyatlari va mijozlarga hurmat haqida bo‘lgan.

Bu yillar davomida an’anaga aylangan: har bir supermarket ochilishi oldidan kompaniya asoschisining xodimlar bilan suhbati barcha hamkasblarni birlashtirib, muvaffaqiyatli ishlashga undaydi. O‘z faoliyatiga hurmatli va sadoqatli munosabat va mehmonlarning sodiqligi natijasida Korzinka supermarketlar tarmog‘idagi xodimlar soni 25 yil ichida 8000 nafardan ortdi.

«O‘ylaymizki, shu yerga kelib, hamma ehtiyojlaringizni, barcha qidirayotgan tovarlarni topib, xushmuomalalik bilan xizmat olib, xursand bo‘lasizlar. Do‘konlarimizga doimo xush kelibsizlar.

Barchangizni kelayotgan Yangi yil bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. Yangi yilda hammaning uyida yangi baxt, xotirjamlik, saodat, farovonlik va muvaffaqiyatlar bo‘lsin! Hammaga katta rahmat, salomat bo‘linglar!», - deya xulosa qildi Zafar Hoshimov.

Supermarket mehmonlari Korzinkaning barcha foydali va qiziqarli takliflari bilan tanishayotgan paytda hovlidagi bayramona muhit so‘nmadi. Qishning salqin kunida sahnada eng zo‘r raqs uchun ko‘tarinki ruhlantiruvchi tanlov o‘tkazildi, eng faol va quvnoq uch nafar mehmonlarga 100 000 so‘mlik sovg‘a sertifikatlari topshirildi. Yilning eng ajoyib bayramini eslatuvchi yangi yil liboslaridagi musiqachilar, xushmuomala mimlar va animatorlar kun bo‘yi supermarketdagi mehmonlar kayfiyatini ko‘tarishdi.

25 yillik faoliyati davomida Korzinka supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonning 10 ta viloyatini qamrab olgan. Korxona tarmoqni kengaytirish bilan bir qatorda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ham doimiy nazorat qilib boradi va tovarlarni xarid qilishda qulayliklar yaratadi. Shunday qilib, 2008 yilda birinchilardan bo‘lib Korzinka karta dasturini yaratdi, uning ishtirokchilari xaridlar va aksiyalarda ishtirok etish uchun keshbek olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 2022 yilga kelib dasturdagi oilalar soni 750 mingga yetdi.

Har kuni Korzinka supermarketlar tarmog‘i mijozlarni ajoyib takliflar, tovarlar uchun maxsus narxlar va foydali aksiyalar bilan xursand qiladi. Korzinka har doim odatdagidan yaqinroq bo‘lishga harakat qiladi. 100-yubiley do‘konining ochilishi bilan esa bu istak tobora haqiqatga aylanib bormoqda.

Reklama

Mavzuga oid
Top