09:58 / 15.03.2024
2819
Reklama

“Korzinka” Bureau Veritas sertifikatlash organidan beshta ISO sertifikatini qo‘lga kiritdi

Foto: Korzinka

Kompaniya besh asosiy ISO xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tgan O‘zbekistondagi birinchi chakana savdo tarmog‘iga aylandi.

O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i hisoblangan “Korzinka” ISO  9001, ISO 22000, ISO 45001, ISO 14001 va ISO 50001 xalqaro standartlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni qabul qildi.

Tarmoq kompaniyadagi ham tashqi, ham ichki jarayonlarni muntazam mukammallashtirib keladi, sifatni yaxshilash texnologiyalarini joriy etadi – bularning bari endi birdaniga beshta ISO sertifikatlari olinishi bilan tasdiqlandi.

ISO sertifikatsiyasi nima?

ISO sertifikatsiyasi — bu korxona Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan o‘rnatilgan standartlarga mos kelishini baholash jarayoni va tasdig‘i hisoblanadi. Ushbu standartlar tashkilot faoliyatining turli jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, mahsulotlar va xizmatlarning sifati hamda xavfsizligi, sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasini ta’minlash, boshqaruv, ekologik barqarorlik va energiya samaradorligini o‘z ichiga oladi.

ISO xalqaro standartlarining afzalliklari

• ISO 9001 — bu butun dunyoda tan olingan sifat boshqaruvi standartidir. U tashkilotlarga barcha hajm va sohalarda o‘z ishini yaxshilash, mijozlar kutilmalariga munosib bo‘lish va sifatga sodiqlikni namoyon etishda ko‘maklashadi. Uning talablari sifat menejmenti tizimini (SMT) shakllantirish, tatbiq qilish, qo‘llab-quvvatlash va muntazam yaxshilanishi tartibini belgilaydi. ISO 9001 standartini tatbiq qilish tashkilotda samarali jarayonlar qo‘llanilayotgani va xodimlar jamoasi o‘qib-o‘rgatilganligi, bu sifatli mahsulotlar va xizmatlarni qayta-qayta taqdim etishga zamin yaratayotganligini anglatadi.

• ISO 22000 — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash bosqichlarida xalqaro standartlarga javob berishni angalatadi. U tashkilot oziq-ovqat xavfsizligiga nisbatan ehtimoliy tahdidlarni aniqlash mezonlarini belgilaydi.

• ISO 45001 — sog‘liqni saqlash va mehnat muhofazasini ta’minlash menejment tizimi bo‘yicha birinchi global standart.

• ISO 14001 — korxonada ekologik menejment tizimi (EMT) tatbiq qilinganligini tasdiqlovchi sertifikat. Mazkur tizim ishlab chiqarish jarayonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga va tiklanmaydigan manbalardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanishga yo‘naltirilgan. ISO 14001 qo‘llanishi manfaatdor tomonlarga atrof-muhitga ta’sir minimal bo‘lishi haqida kafolat beradi.

• ISO 50001 — energetik menejment tizimi. Energiya samaradorligini tatbiq etish tashkilotlarga pul mablag‘lari, shuningdek, manbalarni tejash va iqlim o‘zgarishlari darajasini pasaytirishga zamin yaratishda ko‘maklashadi. ISO 50001 tashkilotlarni turli sektorlarda energiya menejmenti tizimlarini (EnMS) ishlab chiqish yo‘li bilan energiyadan nisbatan samarali foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sertifikatsiyalash qanday o‘tdi?

ISO xalqaro standartlarini tatbiq etish bir qator tadbirlarni bosqichma-bosqich o‘tkazishni o‘z ichiga oldi: xodimlarga ISO xalqaro standartlarining asosiy talablarini o‘rgatish, muvofiqlashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish, ichki hujjatlar talablarini xodimlarga o‘rgatish, ichki audit o‘tkazish va sertifikatlash auditiga tayyorgarlik.

Kompaniya, sertifikatlarning har birini qo‘lga kiritish uchun, shu taxlitda, tashqi sertifikatlash auditdan o‘tishi zarur edi. Ushbu jarayon davomida kompaniyaning integratsiyalashgan menejment tizimi xalqaro standartlarga mosligi baholab chiqiladi. Bu puxta tayyorgarlik, samarali chora-tadbir va amaliyotlarning tashkilot ichida ham tatbiq qilinishi, qo‘llab-quvvatlanishini talab etardi.

“Korzinka”ning ISO xalqaro standartlariga mosligi bo‘yicha IMT sertifikatlash auditini Bureau Veritas xalqaro sertifikatlash tashkiloti amalga oshirdi. 

ISO xalqaro sertifikatlari uch yil muddatga beriladi, bu davrda har yil oralig‘ida ISO xalqaro standartlari talablariga moslik bo‘yicha IMT inspeksion auditlari o‘tkazib turiladi.

“ISO sertifikatlari mahsulot va xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash, xodimlar xavfsizligini oshirish, ish joyida xatarlarni kamaytirish hamda eng yaxshi, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratishga mas’uliyat bilan yondashuvchi tashkilotlarga taqdim etiladi. Bozorning doimo o‘zgarib turadigan, biznesning har bir sohasiga tegishli talablariga javob berish, chakana savdo sohasida innovatsiyalarni qo‘llash — butun bir faoliyatimizni harakatlantiruvchi kuchdir. ISO xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlash endi biz tomonimizdan belgilangan standartlar muntazam yaxshilanishi uchun platformani ta’minlaydi”, — deya ta’kidlaydi sifat nazorati departamenti direktori Alisher To‘rayev.

“Standartlar, dastavval, biz uchun sara amaliyotlarda qo‘llangan samarali metodika va texnologiyalarda sinalgan yangi bilimlar manbai hisoblanadi. Biznesimizda qo‘llash uchun eng mos standartlardan biz kompaniyaning ichki va tashqi jarayonlarini sozlash uchun asos sifatida foydalanamiz. Barcha beshta ISO sertifikatlarining mavjudligi esa jamiyat va atrof-muhit oldidagi sifat, xavfsizlik va mas’uliyat bo‘yicha yuqori standartlarimizni ta’minlashda ilg‘or yondoshuvimizni e’tirof etadi. Bu, shuningdek, kompaniyamizning ijtimoiy mas’uliyati va uning barqaror taraqqiyotga intilishini namoyon etadi”, — deydi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Direktorlar kengashi raisi Zafar Hoshimov.

Telegram: t.me/korzinkauzb

Instagram: instagram.com/korzinkauz

Facebook: fb.com/korzinkauz

Kompaniya sayti: korzinka.uz

Reklama

Mavzuga oid
Top