10:06 / 26.12.2022
6553

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi. 

Sammitda hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashish ham rejalashtirilyapti.

Top