O‘zbekiston | 19:39 / 30.01.2023
13916
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 13 tonna nosvoyni olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Kontrabanda yuki Cho‘ng‘ara anklavidan olib chiqilgan.

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston chegara xizmati xodimlari O‘zbekiston bilan chegara uchastkasida kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilayotgan nosvoyni to‘xtatib qolishdi.

24.kg nashrining Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonning Cho‘ng‘ara anklavidan chiqib kelgan yuk avtomashinasi «Burgondu» chegara postida ko‘zdan kechirilganida hujjatlarsiz 13 tonna nosvoy aniqlangan.

Qo‘lga olingan kontrabanda yuki qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun tegishli idora xodimlariga topshirilgan.

Mavzuga oid