Rossiya Moldovaning Kishinyov aeroportini egallab olmoqchiligi ma’lum qilindi
Rossiya Moldova poytaxti aeroportini egallab olib, Ukrainada yangi urush frontini ochishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin.
Moldova bosh vaziri Dorin Rechan Rossiyaning Kishinyov aeroportini egallab olish, u yerga harbiylar va harbiy texnikalarni jo‘natish, shundan so‘ng, Dnestrning chap qirg‘og‘ida yangi urush frontini ochish niyati borligini tan oldi. Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda aytgan edi.
Rechan so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaning yagona rejasi emas va Moldova unga tayyor. Uning bu haqdagi so‘zlarini Moldova1 va Deschide keltirdi.
«Biz vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan bir qancha ssenariylar borligini aytdik, hozir faqat bittasi tilga olinmoqda. Ular bir qancha elementlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, prezident Zelenskiy tilga olganlarni ham. Ammo davlatimiz bunday qiyinchiliklarga dosh berishga tayyor», dedi Rechan.
Avvalroq, Zelenskiy La Republica nashriga bergan intervyusida Rossiyaning Kishinyov aeroportini egallab olish rejalari haqida ma’lum qilgan edi. Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, maxfiy xizmatlar bu rejalardan xabar topgan va Moldova rahbariyatini ogohlantirgan. Rossiya bu kabi harakatlar orqali Ukrainada yangi front ochish uchun askar va texnikani jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishni istaydi, degan edi Zelenskiy.
Mavzuga oid
13:12 / 07.01.2025
Kishinyov energetika inqirozi haqidagi bayonotlari uchun rossiyalik diplomatni chaqirtirdi
00:40 / 03.01.2025
Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi
11:41 / 02.01.2025
Kishinyovda yangi yil chiroqlari energiya inqirozi tufayli o‘chirildi
23:28 / 30.12.2024