Serbiya armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirildi
Serbiya prezidenti armiya bo‘linmalariga Kosovo bilan chegaraga yaqinlashishni buyurdi. Kosovo shimolida etnik serblarning kichik guruhlari politsiya bilan to‘qnashdi, deb yozadi AP.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat armiyasini to‘liq jangovar shay holatga keltirdi va uning bo‘linmalariga Kosovo bilan chegaraga yaqinlashishni buyurdi. Bu haqda 26 may, juma kuni Reuters xabar berdi.
"Shoshilinch ravishda qo‘shinlarni Kosovo bilan chegaraga o‘tkazish buyurildi", - deya izoh berdi bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Milosh Vuchevich vaziyatga.
Avvalroq Kosovo shimolidagi etnik serblarning kichik guruhlari yangi saylangan amaldorlar kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun munitsipalitet binolariga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yishga urinib, politsiya bilan to‘qnashgan, deb xabar berdi AP. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan, bir nechta mashina yoqib yuborilgan.
Kosovo shimolidagi vaziyat 25 may kuni mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yangi rahbarlari – kosovo albanlari tomonidan qasamyod qabul qilinganidan keyin yanada murakkablashdi, deya ta’kidladi “Interfaks” agentligi.
Unga ko‘ra, politsiya zirhli mashinalari kolonnalari Kosovsk-Mitrovitsa, Leposavich, Zubin-Potokdagi hukumat binolari tomon yuborilgan.
Mavzuga oid
10:09 / 04.12.2024
Serbiya parlamentiga «chet el agentlari» haqidagi qonun loyihasi kiritildi
15:50 / 02.12.2024
Rossiyada yana armiya shtat birligi oshirildi
10:51 / 30.11.2024
Andijonda bitiruvchilar dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborilmoqda, MMTV buni oqlamasligini bildirdi
15:50 / 25.11.2024