08:56 / 02.06.2023
7013

Maktablarni ta’mirlash va jihozlash qanday mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi aytildi

Prezident qarori bilan 2022 – 2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Unga ko‘ra, maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash quyidagi mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi:

  • ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar;
  • davlat budjeti mablag‘lari;
  • xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari;
  • homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari mablag‘lari.
Top