19:55 / 07.06.2023
20544

«Borussiya» Jud Bellingem «Real»ga transfer qilinganini e’lon qildi

Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Jud Bellingem faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Nemis klubi rasmiy sayti angliyalik 19 yoshli yarimhimoyachi Madridning «Real» klubiga transfer qilinayotganini rasman e’lon qildi. Bellingem uchun ispan klubi Germaniya jamoasiga 103 million yevro to‘laydi. Shuningdek, kelishuvda transferning 30 foiz miqdori – 30,9 mln yevro qiymatida bonus ham kiritilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Bellingem 2020 yil «Birmingem»dan 25 mln yevro evaziga «Borussiya» safiga borib qo‘shilgandi.

Ma’lumot uchun, Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bundesligadagi uch mavsum davomida 132 o‘yinda 24ta gol va 25ta assist qayd etgan.

Top