11:11 / 12.06.2023
14458

Futzal. Mavsum yakunlandi, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida mavsum yakuniga yetdi. 

Foto: Tribuna.uz

11 iyun kuni Yunusobod sport majmuasida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Markaziy o‘yinda muddatidan avval 1-o‘rin masalasini hal qilgan VMV klubi o‘tgan mavsum chempioni «Jizzax Kenteks» darvozasiga javobsiz 7ta to‘p kiritdi. 

Bellashuvdan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi — VMV jamoasiga oltin medallar topshirildi. OKMK kumush, «Jizzax Kenteks» bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Individual mukofot sohiblari ham aniqlandi. Chempion jamoadan Muzaffar Ahadjonov mavsumning eng yaxshi futzalchisi, Nodir Eliboyev esa eng yaxshi murabbiy deb topildi. OKMK hujumchisi Abdulla Solihov 51ta gol bilan to‘purarga aylandi. 

Quyida so‘nggi turning markaziy bahsi va taqdirlash marosimidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 

Suratlar muallifi — Hasan Yusupov

Top