Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2024. O‘zbekiston Eronga penaltilar seriyasida yutqazib, finalga chiqa olmadi
Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi yarimfinali doirasidagi ikkinchi uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi turnirning favoriti Eronga qarshi parketga tushdi.

Bangkokdagi uchrashuvning asosiy vaqtida vakillarimiz forslar bilan jangovar durang qayd etishdi – 3:3. Abror Axmetjanov dublga erishgan bo‘lsa, eronliklarning yana ikkita goli avtogol sifatida vakillarimiz nomiga yozildi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach, hakamlar jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etishdi. Unda omad forslarga kulib boqdi – 5:4.
Shu tariqa, Eron finalga yo‘llanma olib, 28 aprel kuni Osiyo chempionligi nomi uchun mezbon Tailandga qarshi parketga tushadi. O‘zbekiston esa 3-o‘rin uchun bahsda Tojikistonga qarshi o‘ynaydi. Bronza uchun bahs ham 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Futzal. Osiyo kubogi-2024. Yarim final
O‘zbekiston – Eron – 3:3. Penaltilar seriyasi – 4:5.
Gollar: Sunnatulla Jo‘rayev 7, Abror Axmetjanov 18, 35 – Mashrab Odilov 6 avtogol, Abror Axmetjanov 24, Behro‘z Azimi 28.
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.
Eron: 1.Bagir Muhammadiy, 5.Muhammad Hussayn, 10.Salar Og‘apur, 11.Mahdi Karimi, 14.Behruz Azimi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir kunda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga 11 mln so‘m jarima qo‘llandi
O‘zbekiston | 12:06
-
IHeS Ukrainani 2014 yil mayida Odessadagi odamlar o‘limida qoraladi
Jahon | 12:03
-
Prezidentga eng oliy mukofot – Fransiyaga davlat tashrifi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:51
-
Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi
Iqtisodiyot | 11:29
Mavzuga oid

21:52 / 20.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi

22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi

22:06 / 14.09.2024
Futzal. O‘zbekiston jahon chempionatini jangovar durang bilan boshladi

15:59 / 26.07.2024