14:17 / 16.06.2023
7851

Qamchiqda tormozi ishlamay qolgan yuk avtomobili yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi

Foto: Videodan kadr

Kecha, 15 iyun kuni soat 20:37 da A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismidan o‘tgan 224,8-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Vodiy–Toshkent yo‘nalishida harakatlangan, moy mahsuloti ortilgan sisternali MAN rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolganligi sababli, yo‘l chetidagi avariya yo‘lagiga chiqib, orqaga harakatlanib ketishi oqibatida yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirdi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Top