Turkiy davlatlar bilan soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etiladi
Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq, Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 11 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan.
Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid
18:59 / 02.01.2025
O‘zbekiston Rossiyaning eng yirik savdo sheriklari qatoriga kirdi
08:10 / 26.12.2024
Bojxonachilar to‘xtatib qolgan giyohvand moddalar miqdori 1 tonnadan oshdi
17:07 / 24.12.2024
Xitoyning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmi kamaydi
08:15 / 23.12.2024