Jamiyat | 08:15
1858
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi

1 mln 350 ming rubl naqd xorijiy valutani yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

“Farhod” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida o‘z xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. Yo‘lovchi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada kurtkasining yengidagi cho‘ntaklaridan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan, 1 mln 350 ming rubl naqd xorijiy valutasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid