Kishinyov aeroportida yo‘lovchilardan biri o‘qotar quroldan o‘t ochdi - u «Vagner» jangarisi bo‘lishi mumkin
Ikki kishini o‘ldirishga ulgurgan yo‘lovchi maxsus kuchishlatar guruhlarning shturmi natijasida ushlangani xabar qilinmoqda.
Moldova OAVlarining xabar qilishicha, 43 yoshli yo‘lovchi Tojikiston fuqarosi va Kishinyovga Turkiyadan uchib kelgan. Unga mamlakatga kirishni taqiqlashgan va u o‘zini qayta uchib ketish zonasiga kuzatib borayotgan chegarachining to‘pponchasini qo‘lga kiritib, uni otib o‘ldirgan. Yana yo‘lovchilardan biriga ham o‘q uzib o‘ldirgan, shundan so‘ng barrikada ortiga berkingan.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:30 larda to‘pponchali jinoyatchi FULGER politsiya maxsus kuchishlatar bo‘linmasining shturmidan so‘ng qo‘lga olingan.
Turli taxminlarga ko‘ra, u «Vagner» xususiy harbiylashgan kompaniyasining yollanma jangarisi bo‘lishi mumkin.
Otishma chog‘ida Kishinyov xalqaro aeroportidan personal va yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan. 30 iyun kuniga belgilangan aviaqatnovlar noma’lum muddatgacha kechiktirilgan.
Mavzuga oid
11:41 / 02.01.2025
Kishinyovda yangi yil chiroqlari energiya inqirozi tufayli o‘chirildi
17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi
15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi
22:12 / 25.09.2024