Foto: Saylovda ishtirok etgan kelin-kuyovlar
Bu galgi prezident saylovida yaqinda oila qurgan yoki 9 iyul kuni to‘yi bo‘layotgan ko‘plab kelin-kuyovlar ham o‘zlari yashaydigan joydagi saylov uchastkasiga borib, ertangi kun uchun ovoz berayotganini ko‘rish mumkin. Kun.uz respublikaning turli hududlarida kuzatilgan ana shunday voqealarni jamladi.
Urgutlik Tolibjon Kamolov va Feruza Turonova bugun oila qurmoqda. Kelin-kuyov nikohdan o‘tish uchun sayrga chiqishdan avval o‘zlari yashaydigan mahalladagi 1017-saylov uchastkasiga borib, ovoz berishdi.
Mirzacho‘l tumanida yashovchi Shoxruh va Yulduz Suyundikovlar bugun oila rishtalarini bog‘lashmoqda. Kelin-kuyov to‘ydan oldin G‘alaba mahallasidagi 345-saylov uchastkasida bo‘lib, ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi.
Qiziriqning Yangikent mahallasida yashaydigan tadbirkor Bahrom Choriyev va oliy ta’lim muassasasi talabasi Mashhura Choriyeva ham bugun oila qurmoqda. To‘y tashvishlaridan ortib ular ham prezident saylovida qatnashib ovoz berishdi.
Jalaquduq tumani Navoiy mahallasidagi 445-sonli saylov uchastkasida ham ham saylovchilar orasida kelin-kuyovlarni ko‘rishdi.
Boysunlik Navro‘zbek Usmonov va Jumagul Boyquvvatova ham bugun yangi hayot ostonasiga qadam qo‘yishmoqda. Yoshlar birgalik konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, saylovda ovoz berishdi.
Surat Sariosiyo tumanidagi 789-saylov uchastkasida olingan.
Surat Dehqonobod tumanida olingan.
Mirishkor tumani Chandir qishlog‘ida olingan surat.
Kasbi tumani Qatag‘on mahallasidagi 429-saylov uchastkasida olingan surat.
Video Surxondaryo viloyatidagi saylov uchastkalarining birida olingan.
Paxtakor tumanida yashovchi Nodir Sultonboyev va Zulfiya Xoldorova bugun nikohdan o‘tishdi. Ikki yosh Olmazor mahallasidagi 360-saylov uchastkasida ovoz berishdi.
Zafarobodlik Adham Abduvoitov va Laylo Abduvoitova o‘zlari yashayotgan Lolazor qishloq fuqarolar yig‘inidagi 265-saylov uchastkasida ovoz berishdi.
Forishning Xonbandi mahallasidagi 425-saylov uchastkasida olingan surat.
Andijon tumanidagi saylov uchastkalaridan biri.
Buloqboshida kelin-kuyov Usmonjonovlar Istiqlol mahallasidagi 373-saylov uchastkasida ovoz berishdi.
Jalaquduq tumanidagi saylov uchastkalaridan biri.
Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan saylov uchastkalarining birida ovoz berishda jarayonidan lavha.
Izboskan tumani inchlik mahallasi joylashgan 504-uchastka saylov uchastkasi. Suratda: kelin-kuyov Sattarovlar.
Mavzuga oid
19:31 / 06.12.2024
Ruminiya Konstitutsiyaviy sudi prezidentlik saylovlarining birinchi turi natijalarini bekor qildi
17:23 / 26.11.2024
Gurjiston parlamenti prezidentlik saylovi sanasini belgiladi
12:46 / 08.11.2024
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
09:22 / 06.11.2024