08:27 / 16.07.2023
20399

«Inter Mayami» Messi transferini e’lon qildi

AQShning «Inter Mayami» klubi nihoyat Lionel Messi transferi haqida rasman e’lon qilib, argentinalik yulduzni klub futbolchisi sifatida tanishtirdi. 

Foto: Getty images

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Mayami klubi va Messi o‘rtasida 2025 yilga qadar 2,5 yillik shartnoma imzolangan. Lionel yangi jamoasida 10-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi. 

«Faoliyatimning yangi davrini «Inter Mayami» va Amerika Qo‘shma Shtatlarida boshlayotganimdan xursandman.

Bu men uchun ulkan imkoniyat va biz ushbu ajoyib loyihani birgalikda davom ettiramiz. Yangi maqsad va cho‘qqilarni zabt etish uchun birgalikda ishlaymiz va bu borada ularga yordam bermoqchiman», - deydi Lionel.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli argentinalik yulduz «PSJ»dagi ikki yillik faoliyatidan keyin erkin agent sifatida «Inter Mayami»ni tanladi. Unga «Barselona» va Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ham qiziqish bildirgan edi.

Mavzuga oid
Top