10:22 / 10.09.2023
16912

MLS. «Inter Mayami» Messisiz ham g‘alaba qozondi

MLS muntazam chempionati doirasida «Inter Mayami» «Sporting Kanzas Siti»ga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa-da, Kampananing dubli va Fariasning golidan keyin mezbonlar g‘alabani ta’minlashdi. Pulido hisobni qisqartirgan gol muallifi bo‘ldi – 3:2.

Shu tariqa, mayamiliklar Argentina milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Lionel Messisiz ham g‘alaba qozonishdi. Shu kuni Buskets va Alba asosiy tarkibda harakat qildi.

«Inter Mayami» Sharqiy konferensiyada 26 o‘yindan keyin 28 ochko jamg‘arib, 15 jamoa orasidan 14-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Tsinsinati» hisobida 57 ochko mavjud.

MLS. 27-tur
Inter Mayami – Sporting Kanzas Siti 3:2

Gollar: 0:1 – 9 Shalloi, 1:1 – 25, penalti Kampana, 2:1 – 45 Kampana, 3:1 – 60 Farias, 3:2 – 78 Pulido.
Inter Mayami – Kellender, Yyedlin, Miller, Alba, Allen, Uloa, Sanderlend, Buskets, Arroyo, Farias, Aviles, Stefanelli, Kampana, Robinson.
Sporting Kanzas Siti – Melia, Fontas, Rosero, Ndenbe, Lyaybold, Espinosa, Radoya, Guterres, Valter, Tommi, Davis, Shelton, Agade, Pulido, Rassell, Shalloi.
Ogohlantirishlar: Guterres (33), Aviles (66), Lyaybold (79), Alba (90).

Mavzuga oid
Top