09:22 / 29.07.2023
4934

Finlandiya O‘zbekistonga suv tozalash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni olib kirish niyatida

Taklif etilayotgan texnologiyalarning o‘ziga xosligi tufayli O‘zbekistonda sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonida sezilarli samaraga erishish mumkin.

O‘zbekistonning Finlandiyadagi (qarorgohi Riga shahrida) elchisi Qadamboy Sultonov EPSE Oy fin kompaniyasi bosh ijrochi direktori Youni Yaskelaynen bilan videomuloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Suhbat chog‘ida Youni Yaskelaynen hozirgi paytda EPSE Oy o‘zbekistonlik sheriklar bilan birgalikda 0,66 million yevro miqdorida oqova suvlarni tozalash bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Taklif etilayotgan texnologiyalarning o‘ziga xosligi tufayli O‘zbekistonda sanoat oqova suvlarini tozalash jarayonida sezilarli samaraga erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida yaqin kelajakda Youni Yaskelaynenning O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mavzuga oid
Top