16:51 / 03.08.2023
24799

«Paxtakor» yozgi transfer oynasida Sardor Rashidov va yana 4 futbolchi bilan xayrlashdi

«Paxtakor» klubi Superliga yozgi transfer oynasida jamoani tark etgan o‘yinchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Paxtakor

Unga ko‘ra, «Paxtakor» 5 nafar futbolchi bilan xayrlashgan va yana 5 o‘yinchisini boshqa klublarga ijaraga bergan. 

Jamoani tark etgan o‘yinchilar orasida Sardor Rashidov ham bor. U joriy mavsum amaldagi chempion safida Superligada 4 o‘yinda maydonga tushgandi. Uning yangi klubi hozircha noma’lum.

Yozgi transfer oynasida «Paxtakor»ni tark etgan futbolchilar ro‘yxati:

Sardor Rashidov – erkin agent
Javohir Alijonov – erkin agent («Turon»)
Giorgi Papava – erkin agent
Shahzod Suyunov – erkin agent («Olimpiya»)
Shahzod Rahmatullayev - ijara («Turon»)
Abubakir Ashurov - ijara («Turon»)
Diyor Ortiqboyev - ijara («Buxoro»)
Abbos Ergashboyev - ijara («Andijon»).
Rustam Turdimurodov - ijara (Energetik BGU).

Top