07:33 / 05.08.2023
12280

Xayrulla Nuriddinov MTRK raisining birinchi o‘rinbosarligiga qaytdi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar bermoqda.

Xayrulla Nuriddinov

Ma’lum qilinishicha, Xayrulla Nuriddinov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Xayrulla Nuriddinov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1996 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1999 yilda “Jasorat” medali, 2005 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 

U 2006-2017 yillar davomida O‘zbekiston MTRKning “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati direktori bo‘lib ishlagan. 2017 yilning fevral oyi o‘rtalarida MTRK raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, o‘sha yil avgust oyida “O‘zbekiston” telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan. 

2017-2020 yillarda MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2020 yil iyun oyidan «O‘zbekiston 24» telekanali direktori bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top