10:50 / 08.08.2023
33045

Aeroportda nimalar qilmaslik kerak? Styuardessa maslahatlari

Aeroport qoidalarini bilib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi. Bo‘lmasa, noo‘rin hazil va harakatlar parvozdan qoldirishi hech gap emas.

Foto: iStock

Bomba va teraktlar haqida hazillar

Yoningizda bomba borligini o‘ylashning o‘zi ham kulgilimi? Istalgan odam bir qarashda sizni teraktlarga aralashadigan odam deb o‘ylamasligi mumkin. Unda nega bu haqida hazil qilmaslik kerak? Ehtiyot bo‘lish uchun shunday qilgan ma’qul.

Masalan, Los-Anjyelos aeroportida shunga o‘xshash voqea ro‘y bergan. Yo‘lovchilardan biri xodimning “Yoningizda aerozol, o‘tkir buyumlar yoki portlovchi moddalar bormi?” degan savoliga “ha” degan javobni bergan. Hazilkash yo‘lovchi javobi sabab hibsga olinadi va unga nisbatan "Portlashga tayyorgarlik ko‘rish haqida bila turib yolg‘on axborot berish" aybi bilan ish ochiladi.

Keyinroq yo‘lovchiga qo‘yilgan ayblov olib tashlangan. Lekin olib tashlanmasligi ham mumkin edi. Shuning uchun noo‘rin hazillar qilish to‘g‘ri emas. Sababi xodimlar yo‘lovchining javobi hazil ekanini bilishsa ham, bu haqida bayonot berishlari kerak.

 Savollarni javobsiz qoldirmaslik kerak

Albatta, samolyot bortida ortiqcha savol-javoblar odamni zeriktiradi. Lekin kuzatuvchilar hamma narsani aniqlab olishlari, savollarni berishlari zarur. Samolyotda savollarga javob berishni xohlamagan yo‘lovchini qo‘riqlash xodimi bortdan olib chiqishlari va qayta savol-javob qilishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Taqiqlangan buyumlarni olib kirish mumkinmas

O‘zingizni aeroportda tekshiruvlarda uzoq muddat navbatda turib qolganday his qilishingiz mumkin. Ammo taqiqlangan narsalar olib kirilmayotganini tekshirish xodimlar mas’uliyat bilan yondashadigan vazifa hisoblanadi. Bunga amal qilmay iloj yo‘q.

Nimalar taqiqlangan?

Aeroportga quyidagi buyumlarni ham olib kirish mumkin emas:

  • aerozollar;
  • har qanday turdagi qurollar;
  • kesuvchi narsalar;
  • magnitli buyumlar;
  • radioaktiv buyumlar;
  • zahar va zaharli moddalar;
  • maydalovchi vositalar;
  • zarba beruvchi buyumlar;
  • portlovchi moddalar;
  • siqilgan, suyultirilgan gaz;
  • yonuvchan moddalar.

Mast bo‘lish

Garchi samolyot bortida spirtli ichimliklar sotilishi mumkin bo‘lsa ham, mast yo‘lovchini o‘tkazishmaydi. Shuning uchun mast holatda bo‘lib aeroportga bormaslik shart.

Mavzuga oid
Top