Toşkent metropolitenining «Alişer Navoiy» bekatida 22 oktyabr kuni 19 yoşli qiz Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi xodimi sumkasini tekşirayotgan paytda uning içida bomba borligini aytgan.
Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi xabariga köra, u sumkasida bomba borligini aytgaç, hudud örab olingan hamda voqea joyiga IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi guruhi yetib kelgan. Mas’ul xodim qizdan nima uçun sumkasida bomba borligini aytganini söraganida, u kayfiyati yaxşi bölgani uçun şu tarzda hazil qilişga qaror qilganini aytgan. Şundan söng vaqtinça hibsga olingan qiz poytaxtning Şayxontohur tumani 3-sonli içki işlar bölimiga olib ketilgan.
IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti axborot xizmati rahbari Pokiza Xodjayevaning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, JIB Şayxontohur tuman sudi qarori bilan qizning harakatlari huquqbuzarlik deb topilgan. U sud qarori bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 199-moddasi (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab çaqiriş) bilan aybli deb topilgan hamda 5 sutkaga qamalgan.
22 oktyabr kuni Toşkent metrosining «Alişer Navoiy» bekatida avtomatik ötkaziş punktida töxtatilgan qiz sumkasini körsatişni söragan içki işlar xodimiga unda bomba borligini aytgani, biroq tekşiruv payti undan portlovçi moslama topilmagani haqida xabar berilgandi.

















