18:52 / 23.08.2023
5165

ANORBANK tomonidan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya bayrami o‘tkazildi

Foto: ANORBANK

An’anaga ko‘ra, 22 avgust kuni ANORBANK o‘zining tashkil topgan kuni munosabati bilan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya bayramini o‘tkazib, ular bilan o‘z quvonchini baham ko‘radi. Bu yil ANORBANK tomonidan Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi bolalari uchun ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.

Bu safar 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 60 nafardan ortiq bolalar turli ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ishtirok etdi. Bolalar jamoalarga bo‘lingan holda qiziqarli estafeta va musobaqalarda qatnashdi, rassom bilan jumboq ko‘rinishdagi rasm chizdi. Xoreograf Sergey Zlotnikovning raqs jamoasi chiqishlari va fleshmobi ham bolalarga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida bolalar uchun diskoteka va ko‘pikli shou tashkil etildi, bayram dasturxoni ham ularni mamnun etdi.

Reklama huquqi asosida

Top