Jamiyat | 17:00 / 01.05.2024
7061
3 daqiqa o‘qiladi

ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda birinchi Islom bankini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi

ANORBANK Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yig‘ilishi hamda bank faoliyatining 50 yilligiga bag‘ishlangan oltin yubileyida ishtirok etdi. Tadbirlar doirasida ANORBANK hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) O‘zbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi.

27-30 aprel kunlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud homiyligida Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) yillik anjuman yig‘ilishi va oltin yubileyi bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, Islom banklari, xususiy sektor kompaniyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Savdo-sanoat palatalari hamda ishbilarmonlar kengashlari delegatlari qatorida ANORBANK vakillari ham ishtirok etishdi.

Uch kun davomida delegatlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini o‘rganishdi. ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, unga ko‘ra bank va XSRIK investitsiya imkoniyatlari va moliyalashtirishni o‘rganish va aniqlashda yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar. XSRIK, ANORBANK va boshqa xorijiy kompaniyalar investitsiya kiritishi kutilayotgan yangi bank O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi va mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) ko‘p tomonlama rivojlanish moliya instituti bo‘lib, u o‘ziga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Jidda shahrida joylashgan ushbu korporatsiya Islom taraqqiyoti banki (IDB) guruhining bir qismi sanaladi. 

O‘z navbatida, ANORBANK birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hamda O‘zbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bo‘lib, u mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini o‘zida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.

ANORBANK’ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan:

Sayt: Anorbank.uz

Telegram: Anorbank

Instagram: Anorbank

Facebook: Anorbank  

Aloqa markazi: 1290

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid