O‘zbekiston | 12:38 / 24.08.2023
5383
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi

Shikoyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Foto: Kun.uz

24 avgust kunidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan tushgan apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellyatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31 avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga borishi kerak.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari ushbu manzillarda joylashgan. Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 9:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

 

Mavzuga oid