14:39 / 28.08.2023
4033

O‘zbekistonga elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi

O‘zbekiston 7 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

Foto: Getty images

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSh dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

7 oyda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 6 898 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Hongkong – 376 ta;
  • Germaniya – 64 ta;
  • Koreya – 18 ta;
  • BAA – 16 ta;
  • AQSh – 11 ta.
Top