15:59 / 29.08.2023
6964

OKMK qoshidagi korxona yillik rejani muddatidan avval bajardi

Foto: OKMK Axborot xizmati

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi arafasida Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasi mehnat jamoasi muddatidan avval belgilangan prognoz rejasini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Birlashma mehnat jamoasiga 2023 yilda 382,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish vazifasi belgilangan edi.  Bugungi kun holatiga 396,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Korxonaning bu zafarli odimlari istiqlol ayyomiga o‘ziga xos tuhfa bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ma’lumot uchun: kombinatning ushbu tarkibiy bo‘linmasi Chirchiq shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda kukunli metallurgiya usuli bilan volfram va molibden chuqur qayta ishlanib, turli xil mahsulotlar, qotishmalar hamda chidamli shamotli g‘ishtlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, keramik mahsulotlar hamda asboblar ham tayyorlanadi. Birlashmada ko‘plab yangi turdagi mahsulotlar olinishiga ham erishilgan. Xususan, ferromolibden ishlab chiqarish, qurilish uchun quruq aralashma, qattiq qotishmali podshipniklar, oktamolibdat ammoniy, titan-tantal qattiq qotishmasi, yuqori gidropenevmatik plitalar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, birlashma qoshida o‘zbek-koreys ilmiy texnologik markazi ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Joriy yilning 1-yarim yilligini birlashma 193,7 mlrd so‘mlik sof foyda bilan yakunlaganini ham alohida ta’kidlash joiz.

OKMK axborot xizmati

Top