14:19 / 09.09.2023
9851

FTB rahbari: AQShda hali ham «juda ko‘p» rossiyalik josuslar bor

FTB direktori Kristofer Rey Xalqaro josuslik muzeyida so‘zlagan nutqida Amerika maxsus xizmatlari doimiy ravishda mamlakatda Rossiya razvedkasining iziga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Foto: Reuters

AQShdagi rossiyalik ayg‘oqchilar soni so‘nggi vaqtlarda ularni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, «juda ko‘p»ligicha qolmoqda. Bu haqda Federal tergov byurosi (FTB) direktori Kristofer Rey 8 sentabr, juma kuni The Hill internet nashri xabar bergan. «Rossiya razvedkasining izi - bu bilan men rus razvedka xodimlarini nazarda tutyapman - Qo‘shma Shtatlarda hali ham juda katta. Bunga doimo to‘qnash kelyapmiz va har qanday yo‘l bilan to‘xtatish, oldini olishga harakat qilyapmiz», dedi Rey 7 sentabr kuni Xalqaro josuslik muzeyida

Amerika razvedka agentligi rahbari shunday dedi: «Agar kimgadir Rossiya manfaatlari nima ekanini eslatish kerak bo‘lsa, ular Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarga qarashi lozim. Shuning uchun biz hech qachon Ukrainadagi harakatlarda o‘sha odamlarning ishtiroki borligini unutmaymiz». 

AQShda Rossiya foydasiga josuslik 

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Moskva foydasiga josuslik faoliyatiga misol sifatida Kristofer Rey meksikalik Ektor Alexandro Kabrera Fuentesning ishini keltirdi. 2020 yil fevral oyida u AQShda hibsga olingan. AQSh rasmiylariga ko‘ra, rossiyalik amaldor Fuentesni 2019 yilda yollagan va unga boshqa narsalar qatori «AQSh hukumati manbasiga» tegishli bo‘lgan mashinani topib, uning ro‘yxatga olish raqamini yozib olishni buyurgan. 

Er-xotin Meksikaga uchish uchun Mayami aeroportiga yetib kelgan paytda meksikalikning xotiniga tegishli telefonda fayllar o‘chirilgan papkada ushbu mashinaning surati topilgan. Fuentes avtomashina rossiyalik amaldor ko‘rsatmasi bilan suratga olinganini tan olgan.

2023 yil iyul oyi oxirida Braziliya rasmiylari Vashingtonning AQSh rossiyalik razvedka xodimi deb hisoblagan va josuslikda ayblanayotgan Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasovni ekstraditsiya qilish haqidagi iltimosini rad etdi. 

Cherkasov 2022 yilning iyunida Niderlandiyada qo‘lga olingan edi. Niderlandiya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik o‘zini Braziliya fuqarosi Viktor Myuller Ferreyra sifatida ko‘rsatgan va Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS)da amaliyot o‘tashga uringan. Rossiyalik deportatsiya qilingan Braziliyada u hujjatlarni qalbakilashtirish uchun 15 yilga hukm qilingan. 

2018 yilda Cherkasov Braziliya pasporti yordamida AQShga ko‘chib o‘tdi va u yerda Kolumbiya okrugidagi universitetlardan biriga o‘qishga kirdi. Vashingtonga ko‘ra, AQShda u qiziqish uyg‘otgan odamlar bilan aloqa o‘rnatgan va Amerika fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya razvedkasiga uzatgan. Cherkasov o‘qishni tugatgandan so‘ng, 2020 yil bahorida Qo‘shma Shtatlarni tark etgan, biroq Vashingtonning tashqi siyosati haqida ma’lumot olish uchun aloqalarini davom ettirgan, deya ma’lum qildi AQSh Adliya vazirligi. 

Mavzuga oid
Top