19:41 / 18.09.2023
17203

MTRK Osiyo Chempionlar ligasi translatsiya huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi OChL o‘yinlarini O‘zbekiston hududida namoyish qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 

Foto: «Nasaf»

Telekanal bosh direktori Zohid Karimov Osiyo Chempionlar ligasi translatsiyasi huquqi egasi sanaluvchi tashkilot bilan bu borada kelishuvga erishilganini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, OChLda ishtirok etuvchi O‘zbekistonning 4 klubi o‘yinlari MTRK orqali namoyish etiladi. Shu bilan birga MTRK bu jamoalarning O‘zbekistondagi o‘yinlarini translatsiyasini ushbu tashkilotchi kompaniyaga bepul yetkazib berishi talab etilgan.

Qayd etilishicha, bugungi 3 o‘yin ham telekanal orqali namoyish etiladi:

  • 21:00 «Al-Ittihod» - OKMK. Live
  • 21:00 «Al-Faysali» - «Nasaf». Live
  • 23:00 «Al-Hilol» - «Navbahor». Live
Mavzuga oid
Top