13:04 / 24.09.2023
13825

Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan yigitni tok urdi

Toshkentdagi «Hamza» temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Toshkentda poyezd vagoni ustiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi, deya xabar bermoqda MilliyTV telekanalining «Millar» dasturi.

Voqea 20 sentabr kuni soat 19:05 da «Hamza» temiryo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Yigit elektr toki urib, yerga yiqilgan. Voqea joyiga yetib kelgan stansiya xodimlari jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tez yordam chaqirgan.

Yigit tanasining 98 foizi tok urishi natijasida kuygani va hozirda ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top