O‘zbekiston | 15:59 / 25.09.2023
28538
2 daqiqa o‘qiladi

Bahslar va tarixiy kelishuv - tilshunoslarning alifbo masalasidagi konferensiyasidan katta reportaj

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha deyarli 30 yilga cho‘zilgan ishlar va nihoyat, tez orada yakuniga yetadigan ko‘rinadi.

22 sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tgan hamda o‘zbek tilshunos olimlarini jamlagan konferensiyada ayni shu masalada tarixiy kelishuvga erishildi.

Konferensiyada ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat takomillashtirilgan alifbo loyihasi taqdim etildi.

Unga ko‘ra, takomillashgan alifboda eng muammoli bo‘lgan va shu muammolar sabab hamon kirill yozuvidan to‘la voz kecholmayotganimiz – to‘rt harfni o‘zgartirish taklif etildi. Taklif esa quyidagicha: alifbodagi o‘, g‘ va sh harflarini 1993 yilgi shakllariga (õ, ğ, ş) qaytarish, ch undoshini esa lotincha harfining aynan o‘zi, ya’ni dumsiz shakli bilan ifodalash ko‘zda tutilgan. Ch harfini S.s tarzida ifodalash shaklini shuningdek, 1928–1940 yillarda jadid bobolarimiz ta’sis etgan lotincha alifboda ham ko‘rish mumkin.

  • O‘ o‘ — Õ õ
  • G‘ g‘ — Ğ ğ
  • Ch ch — S s
  • Sh sh — Ş ş

Tadbir davomida ilgari surilgan ushbu to‘rt o‘zgarish borasida olimlar, o‘zbek tili va alifbosi muammolarini yoritib kelayotgan jurnalist va blogerlar hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari fikrlari haqidagi maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

Ilyos Safarov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Asror Allamurodov.

Mavzuga oid