09:26 / 03.10.2023
5348

Moldova «Gazprom»dan gaz sotib olishdan bosh tortdi

Energetika vazirligi rahbarining aytishicha, Moldova gazni Yevropa bozorida sotib olib, muqobil manbalardan topishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Pavel Lvov/RIA Novosti

Moldova bundan buyon Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasidan gaz sotib olmaydi. Bu haqda Yevroatlantika Barqarorlik forumida chiqish qilgan respublika energetika vaziri Viktor Parlikov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Rossiya OAV.

«Biz konstitutsiyaviy hokimiyat nazorati ostidagi hudud uchun endi «Gazprom»dan tabiiy gaz sotib olmaymiz», dedi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, respublika gazni Yevropa bozorida xarid qilish orqali muqobil manbalarni topishga muvaffaq bo‘lgan.

«Bundan tashqari, biz buni «Gazprom» bilan shartnomada ko‘rsatilgan formuladan ham arzonroq narxda amalga oshira oldik», — deya qo‘shimcha qildi Parlikov.

Mavzuga oid
Top