Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish tartibi soddalashtirildi
Zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.
Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib to‘ldirilmoqda.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi.
Mavzuga oid
10:55 / 13.12.2024
Kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarning 1 ming nafari natija ko‘rsata olmadi
16:28 / 02.12.2024
Bolalikdagi qiyinchiliklar miyaning rivojlanishini sekinlashtiradi - tadqiqot
09:52 / 26.11.2024
10 oyda salkam 16 ming kishi oiladagi zo‘ravonlik uchun javobgarlikka tortildi
17:26 / 08.11.2024