12:38 / 03.11.2023
22500

Toshkentda ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi.

Foto: Videodan kadr

Bugun, 3 noyabr kuni soat 10:40 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on 3-berk ko‘chasi 163-uyda joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa ro‘y bergan hududga soat 10:45 da yetib borgan. Soat 11:24 da yong‘in qurshab olindi, soat 11:54 batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Mavzuga oid
Top