08:34 / 20.11.2023
42462

Taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov vafot etdi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod xabar berdi.

O‘tkir Siddiqov 1945 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutining drama va kino aktyorligi yo‘nalishini tamomlagan. U 1968 yildan “Shodlik” ashula va raqs ansamblida ishlay boshlagan.  

O‘tkir Siddiqov boshlovchi sifatida bugungacha 8 mingga yaqin konsert va tadbirlarda qatnashgan. U 250 dan martadan ortiq turli shahar va mamlakatlardagi gastrol safarlarida boshlovchilik qilgan. 

U 1996 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni, 2017 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 

Mavzuga oid
Top