22:03 / 24.11.2023
4981

Prezidentning Ozarboyjonga amaliy tashrifi yakunlandi 

Shavkat Mirziyoyevning Boku shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. 

24 noyabr kuni davlat rahbari BMT Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida ishtirok etdi hamda SPeKA doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi. 

Shuningdek, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi. Yetakchilar O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqdilar. 

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston prezidentini Ozarboyjon bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid
Top