Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uçun maxsus dasturi — SPeKA sammitida nutq sözladi.
Davlat rahbari nutqining avvalida Toşkentda asos solingan mazkur muhim platforma Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda mintaqaviy şeriklikning amaliy mexanizmi sifatida özining nihoyatda zarurligini yaqqol körsatganini ta’kidladi. Uning doirasida tijorat, kommunikatsiya, transport va logistika, raqamlaştiriş, energetika, suv resurslari, ekologiya, gender tengligi va boşqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan 400 dan ortiq loyiha hayotga tatbiq etilganini qayd qildi.
Özbekiston prezidenti hozirgi global geosiyosiy beqarorlik şaroitida zamonaviy tahdidlarga qarşi samarali kuraşiş uçun mintaqaviy hamkorlikni yanada kuçaytiriş, davlatlar özaro bir-birini har tomonlama qöllab-quvvatlaşi lozimligini ta’kidladi.
Şavkat Mirziyoyev bu borada quyidagi 7 ta asosiy yönalişga e’tibor qaratişni söradi.
Birinçidan, Özbekiston SPeKA dasturini yanada ta’sirçan mintaqaviy platformaga aylantiriş tarafdori, «SPeKA–2030» taraqqiyot konsepsiyasini işlab çiqiş lozim.
Ikkinçidan, Dastur doirasida Mintaqaviy savdoni rağbatlantiriş böyiça qöşma harakatlar rejasini işlab çiqiş maqsadga muvofiq. Söz, eng avvalo, mavjud tösiqlarni bartaraf etiş va eksport-import operatsiyalarini texnik tartibga soliş çoralarini uyğunlaştiriş borasida jahondagi eng ilğor tajriba va amaliyotlarni joriy etiş haqida ketmoqda.
Uçinçidan, SPeKA Maqsadli jamğarmasini taşkil etişni tezlaştiriş va kelgusi yilning özida uning amaliy işini yölga qöyiş. Jamğarma xalqaro taraqqiyot institutlari bilan faol işlaşi, ustuvor loyiha va dasturlarga moliyaviy resurslar va grant mablağlarini eng maqbul şartlarda jalb etişi lozim. Özbekiston ham uni şakllantiriş uçun öz moliyaviy hissasini qöşişga tayyor.
Törtinçidan, Özbekiston Transkaspiy multimodal yölagi böyiça ma’lumot va hujjatlar almaşiş jarayonini raqamlaştirişga qaratilgan «yöl xaritasi»ni hayotga töliq tatbiq etiş tarafdori. Bu borada Özbekiston kelgusi yilning boşida mamlakatlar transport vazirlari, logistika kompaniyalari, yuk taşuvçilari, yirik sanoat korxonalari rahbarlari hamda sohaning yetakçi ekspertlari iştirokida «Raqamli transport marşrutlari» xalqaro forumini ötkazişga tayyor.
Beşinçidan, oziq-ovqat xavfsizligini samarali ta’minlaş böyiça yuqori darajadagi maxsus işçi guruhini tuziş va uning ilk uçraşuvini kelgusi yili Samarqandda ötkaziş taklif etildi. Uşbu tadbirning kun tartibidan yetakçi agrosanoat korxonalari örtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantiriş va qöşimça qiymat zanjirlarini yaratiş, ilmiy-texnologik almaşuvlarni rağbatlantiriş va resurslarni tejaydigan ilğor yeçimlarni joriy etiş, «ekspress» yölaklarni işga tuşiriş kabi masalalar asosiy örin egallaydi.
Oltinçidan, suv, energetika, ekologiya va qişloq xöjaligi sohalari özaro uzviy boğliq ekanidan kelib çiqib, SPeKA keng kölamli yangi konseptual hujjatini – köp tomonlama «Yaşil strategiyasi»ni qabul qiliş vaqti keldi.
Yettinçidan, SPeKA doirasida işbilarmon xotin-qizlarning faol taşabbuslarini va aniq rejalarini doimiy va tizimli rağbatlantiriş maqsadida SPeKA Tadbirkor ayollari kengaşini tuziş taklif etildi. Şuningdek, Kengaş doirasida mamlakatlarimiz ravnaqi va iqtisodiy taraqqiyotiga, umumiy hamkorligimizga beqiyos hissa qöşib kelayotgan ayollarni «SPeKA e’tirofi» xalqaro mukofoti bilan taqdirlaş ham taklif etildi.
Şu bilan birga, Şavkat Mirziyoyev hamkasblariga, Yevropa iqtisodiy komissiyasi va ESKATO rahbariyatiga murojaat etib, SPeKA dasturi doirasida Afğoniston bilan işçi aloqalarni örnatiş va hamkorlikni qayta tiklaşga çaqirdi.
«Uşbu mamlakatni öz muammolari bilan yakka qoldiriş mumkin emas. Amaldagi hukumat bilan xalqaro muloqot örnatilmasa, heç qanday ijobiy natijaga erişib bölmaydi», dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev sözining yakunida Özbekiston xalqlarning barqaror taraqqiyoti va farovonligini ta’minlaş maqsadida BMT mintaqaviy dasturi doirasidagi köp tomonlama şeriklikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlaşini ta’kidladi.












