18:04 / 01.12.2023
20422

Itlar qurshovida qolgan fil va muzdan orom topgan ayiq - 2023 yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlari

Londondagi tabiatshunoslik muzeyi «Wildlife Photographer of the Year 2023» tanloviga kelib tushgan eng yaxshi suratlarning 25 tasini e’lon qildi. Suratlar 95 ta mamlakat fotograflari tomonidan yuborilgan 49 957 mingta fotolavhalari orasidan tanlab olingan.

Eng yaxshi suratkashni aniqlash uchun 2024 yilning 31 yanvariga qadar onlayn va oflayn holda ovoz berish mumkin.

Rokki tog‘i milliy bog‘idagi nafas rostlashga to‘xtagan Amerika quyoni. Foto: Deena Sveinsson/Wildlife Photographer of the Year/PA
Efiopiyadagi Simien tog‘laridagi Gelada maymunlari. Foto: Marco Gaiotti/Wildlife Photographer of the Year/PA
Antarktidadagi Atka Bay ko‘rfazida oziqlanayotgan Adeli  pingvinlari. Foto: Stefan Christmann/Wildlife Photographer of the Year/PA
Germaniya sharqidagi gulzor ustidan uchib o‘tayotgan qaldirg‘och. Foto: Hermann Hirsch/Jan Lessman/Wildlife Photographer of the Year/PA
Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagidagi muz ustida orom olayotgan oq ayiq. Foto: Nima Sarikhani/Wildlife Photographer of the Year/PA
Rim osmonidagi chug‘urchuqlar. Foto: Daniel Dencescu/Wildlife Photographer of the Year/PA
Shri Lankada itlar qurshovida qolgan fil. Foto: Brent Stirton/Wildlife Photographer of the Year/PA
Londondagi chiqindisi qutisidan qo‘nim topgan tulki. Foto: Matt Maran/Wildlife Photographer of the Year/PA
Qo‘llarini ko‘tarib suratga tushayotgan Grizzli ayig‘i. Foto: John E Marriott/Wildlife Photographer of the Year/PA
Uyiga qaytayotgan ko‘rshapalak. Foto: Dvir Barkay/Wildlife Photographer of the Year/PA
Sherning bolasi ham sher. Foto: Gerald Hinde/Wildlife Photographer of the Year/PA
Avstraliyadagi ona o‘rdak va uning bolalari. Foto: Charles Davis/Wildlife Photographer of the Year/PA
Indoneziyadagi Tangkoko Batuangus qo‘riqxonasi hududida tashlab ketilgan plastik idishdan suv ichayotgan makaka. Foto: Claire Waring/Wildlife Photographer of the Year/PA
Efiopiya bo‘risi. Foto: Foto: Axel Gomille/Wildlife Photographer of the Year/PA
Gvineyadagi shimpanzelarni muhofaza qilish markazida qafasidan umid bilan qarab turgan shimpanze. Foto: Roberto Garcia-Roa/Wildlife Photographer of the Year/PA
Top