23:58 / 08.11.2023
9934

Dunyodagi eng xavfli tabiat obektlari ro‘yxati tuzildi

Tadqiqotchilar tabiatning sayyohlar uchun xavfli bo‘lgan diqqatga sazovor joylari ro‘yxatini tuzishdi. 

Foto: Getty images

Italiya va Fransiya chegarasida joylashgan Monblan tog‘i dunyodagi eng xavfli tabiat obekti deb topildi. O‘rtacha o‘lim va baxtsiz hodisalar sonini sayyohlar soni bilan solishtirgan Holidu sayyohlik kompaniyasi shunday xulosaga keldi. Bu haqda Express yozdi.

Monblan tog‘i
Foto: Wikipedia

Ma’lum bo‘lishicha, Monblan tog‘ida yiliga 100 nafarga yaqin sayyoh halok bo‘ladi. Hatto unga eng yaqin joylashgan Sen-Jyervele-le-Ben kommunasi ma’murlari sayohatchilarga tog‘ga chiqishga ruxsatnoma berish uchun 15 ming yevro omonat joriy qilishgan. Bu tajribasiz alpinistlarni niyatidan qaytarish va ehtimoliy qutqaruv operatsiyasi xarajatlarini qoplash maqsadida qilingan. 

Ben-Nevis tog‘i
Foto: Wikipedia

Undan keyingi o‘rinlarni Britaniyaning Ben-Nevis tog‘i, Yaponiyadagi Fuji tog‘i, Nepaldagi Everest tog‘i, Tanzaniyadagi Kilimanjaro tog‘i, Yosemite (AQSh) milliy bog‘i, Janubiy Afrikadagi Mesa tog‘i, Shveytsariyaning Matterhorn cho‘qqisi, Qo‘shma Shtatlardagi Grand Kanyon va Irlandiyadagi Moher qoyalari egallagan.

Fuji tog‘i
Foto: Wikipedia
Everest tog‘i
Foto: Wikipedia

Nyu-York yaqinida joylashgan ikki bosqichli Kaaterskill eng xavfli sharshara deb topilgan. Ko‘plab sayyohlar u yerga fotosessiya uchun borishadi. Bu yil ulardan to‘rt nafari selfi olayotganda pastga qulagan.

Eng xavfli qoya tuzilmalari Irlandiyada, Moher qoyalarida joylashgan. Sayyohlar go‘zal manzarani suratga olish uchun so‘qmoqdan chetga chiqishadi va balandlikdan pastga qulashadi.

Yosemiti eng xavfli milliy bog‘ sifatida tan olingan. O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlarning ushbu qo‘riqxonasida 11 nafar sayyoh halok bo‘lgan. Ammo eng ko‘p o‘lim Shimoliy Kaskadlar milliy bog‘ida qayd etilgan. U yerning landshafti og‘ir, shuningdek, ayiqlar keng tarqalgan.

Top