18:43 / 02.12.2023
14583

Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi

The Golden Horde - o‘rta asrlardagi mo‘g‘ul oilalariga oid qarama-qarshiliklarni aks ettiradi.

Foto: Videodan kadr

O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi «The Golden Horde» (Oltin o‘rda) nomli kompyuter o‘yinini ishlab chiqayotganini e’lon qildi.

O‘yin Unreal Engine 5 dasturida yaratilmoqda va Action RPG yo‘nalishiga mansub.

O‘yindagi voqealar XIII asrga oid bo‘lib, Markaziy Osiyoda yuz beradi. Unda o‘yinchi mo‘g‘ul oilalarida ro‘y beradigan sahnalarda ishtirok etadi. O‘yin xaritasining o‘lchami 76 kv.km. bo‘lib, mashhur The Elder Scrolls V: Skyrim o‘yinidan deyarli ikki baravar kattaligi ta’kidlanmoqda. 

Loyihani VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi «The Golden Horde | Action RPG | Sredniye veka» sahifasida kuzatib borish mumkin. O‘yin hali Steam do‘konlarida chiqmagan. 

Mavzuga oid
Top