O‘zbekistonda yil boshidan beri 26 ta noqonuniy mayning fermasi aniqlandi
Davlatga yetkazilgan zarar 58 milliard so‘mdan oshgan. Qonunbuzarlar protsessual tartibda ushlangan.
2023 yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda 26 ta noqonuniy mayning fermasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ular tomonidan 29 mln kWh elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Bu 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyojiga teng. Davlatga yetkazilgan zarar 58 milliard so‘mdan oshgan.
Holat yuzasidan 29 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular protsessual tartibda ushlangan.
Bosh prokuraturaning eslatishicha, mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
22:36 / 20.12.2024
Qashqadaryoda isitish tizimidagi ta’mirlashda salkam 1 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan MChJ aniqlandi
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
19:59 / 17.12.2024