22:29 / 06.12.2023
17238

Putin Su-35S qiruvchi samolyotlari hamrohligida BAAga tashrif buyurdi 

Zamonaviy qiruvchi samolyotlar prezident parvozini qo‘riqlab bordi. 

Foto: Videodan kadr

Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotiga to‘rtta Su-35S qiruvchi samolyoti hamrohlik qilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

Qayd qilinishicha, qiruvchi samolyotlarda turli toifadagi qurollar bo‘lgan, ularni birinchi toifali uchuvchilar boshqargan. Ushbu samolyotlar parvozi uchun qator davlatlardan maxsus ruxsatnomalar olingan.  

«Rossiya bu davlatlarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi», dedi Peskov. 

Vladimir Putin ish faoliyatda Rossiyaning Il-96-300PU samolyotdan foydalanadi. 

BAAdan keyin Putin Saudiya Arabistoniga borishi kutilmoqda. Har ikki davlat ham Putinni mart oyida hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) yurisdiksiyasini tan olmaydi. 

Mavzuga oid
Top