23:03 / 20.12.2023
11177

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi 

Uch nafar yangi sudya lavozimga saylandi. 8 nafar sudya lavozimidan ozod etildi. 

Foto: Oliy Majlis Senati

Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, Elza Shamsutdinova o‘n yillik muddatga, Anvar Elmurodov muddatsiz davrga, Bahodir Ergashev o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi. 

Shu bilan birga, Bobir Islomov, Otabek Mamajanov, Sherzod Mirzahakimov, Doniyorjon Tojiboyev, Firuz Tursunov, Faxriddin Xalilov, Sherzod Sherqulov va Xurshid Eshmuratov O‘zbekiston Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid
Top