07:35 / 23.12.2023
6718

Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli qator reyslar Toshkentga ko‘chirildi

Farg‘ona vodiysida ob-havo sharoiti tufayli ayrim reyslarga cheklovlar joriy etildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida HY9801/9802 Namangan – Perm – Namangan, HY9805/9806 Namangan – Samara – Namangan yo‘nalishlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladi.

HY9801/9802 aviaqatnovlari, Toshkent - Perm - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 9:00;
Permga uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da;
Permdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 15:00 da;
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 18:10 da.

HY9805/9806 aviaqatnovlari, Toshkent - Samara - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 19:35;
Samaraga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 23:05 da;
Samaradan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 01:05 (ertasi kun);
Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 04:30 (ertasi kuni).

Yuqoridagi reyslar yo‘lovchilariga reyslarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib kelish tavsiya etilgan. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportiga yetib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishi tavsiya etiladi.

Reyslar vaqti o‘zgartirilgan yo‘lovchilar jarima to‘lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to‘langan pul miqdori to‘liq qaytarib olish huquqiga ega. 

Top