17:03 / 23.12.2023
7636

Niderlandiya Ukrainaga yetkazib berish uchun 18 ta F-16 qiruvchisini tayyorlamoqda

F-16 qiruvchi samolyotlari Ukraina Havo kuchlarini mustahkamlaydi, deya ishontirmoqda Niderlandiya mudofaa vaziri Ollongen. Kiyevga jangovar mashinalarni yetkazib berishdan oldin bir qator shartlarni bajarish kerak, dedi bosh vazir Ryutte. 

Foto: AP

Niderlandiya Ukrainaga 18 ta ko‘p maqsadli F-16 qiruvchilarini topshiradi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Mark Ryutte 22 dekabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi

Jangovar mashinalarni yetkazib berishdan oldin bir qator shartlar bajarilishi kerak, dedi Ryutte. «Eksport ruxsatnomasidan tashqari, yetkazib berish bir qator boshqa mezonlarga, jumladan, kadrlar va infratuzilma talablariga ham javob berishi kerak», — deb yozdi Niderlandiya hukumati rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida aniq muddatlarni ko‘rsatmasdan. 

Harbiy samolyotlarni Kiyevga topshirish qarori «Niderlandiyaning Ukrainaga Rossiya agressiyasiga javob berish uchun zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatishga sodiqligini tasdiqlaydi», deb qo‘shimcha qildi Ryutte. O‘z navbatida Niderlandiya mudofaa vaziri Kaysa Ollongen AQShda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyotlar Ukraina Havo kuchlarini mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Ruminiyada F-16 samolyotlarida ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash 

Noyabr oyi boshida Ruminiyadagi Feteshti harbiy-havo bazasida ukrainalik uchuvchilarni F-16 samolyotlarini boshqarishga o‘rgatuvchi markaz ochildi. O‘sha oyda birinchi beshta qiruvchi o‘quv markaziga yuborildi. Ukrainaliklarning tayyorgarligi bir necha oy davom etishi kutilmoqda. Ayni paytda, NATOga a’zo uchta davlat - Niderlandiya, Daniya va Norvegiya bu samolyotlarni Ukrainaga topshirishga va’da bergan. 

Top