Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Niderlandiya siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilmoqda.
Foto: Dunyo
Kecha Toshkent shahrida O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, unda O‘zbekiston-Niderlandiya munosabatlarining bugungi holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mamlakat yetakchi fan va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar kun tartibidan to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham o‘rin oldi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Turli darajada, jumladan, "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" shaklidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
14:43 / 17.12.2025
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
14:25 / 15.12.2025
Amsterdamda TSAHAL kantori chiqishiga qarshi namoyishda 22 kishi ushlandi
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025