16:01 / 25.12.2023
16979

O‘zbekiston prezidenti Rossiyaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, bo‘lajak tadbir doirasida Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladi.

MDH makonida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid
Top