21:29 / 28.12.2023
22811

Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasini urushga tayyorlanishga chaqirdi 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv xavfi AQSh va uning ittifoqchilari «harakatlari» tufayli kuchaygan. 

KXDR yetakchisi Kim Chem In harbiylar va qurol ishlab chiqaruvchilarni urushga tayyorgarlikni tezlashtirishga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi. 

Kim Chen In hukmron Ishchilar partiyasi markaziy qo‘mitasining plenumida Shimoliy Koreya armiyasi va harbiy sanoati ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish sa’y-harakatlarini kuchaytirishi kerakligini aytdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv xavfi AQSh va uning ittifoqchilari «harakatlari» tufayli kuchaygan. 

«Kim Chen In Koreya xalq armiyasi, harbiy sanoat, yadro quroli va fuqarolik mudofaasi uchun jangovar missiyalarni belgilab, urushga tayyorgarlikni yaxshilashni yanada tezlashtirishni belgiladi», deyiladi KMTA bayonotida. 

Bundan tashqari, u 2024 yilni besh yillik rejani amalga oshirish uchun «hal qiluvchi yil» deb atadi. 

Avvalroq, Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlardagi istalgan nishonga tegishi mumkin bo‘lgan qit’alararo ballistik raketani uchirgani haqida xabar berilgan edi. Kim Chen In «Hvason-18» raketasi sinovini sharhlar ekan, Vashingtonning «noto‘g‘ri qarori»ga javob berishga tayyorligini ma’lum qildi. 

Mavzuga oid
Top