10:42 / 01.01.2024
5315

O‘zbekiston va Ozarboyjon 2024 yil uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldi

O‘zbekiston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot chog‘ida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

«Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyhun Bayramov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

O‘zbekiston–Ozarboyjon hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida kelgusi yil uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Top