11:00 / 01.01.2024
15802

Tan olinmagan Qorabog‘ Respublikasi rasman o‘z faoliyatini to‘xtatdi

«Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi»ning barcha davlat muassasalari va tashkilotlari uning so‘nggi «rahbari» Samvel Shahramanyanning 28 sentabrdagi farmoni bilan tugatilgan.

Foto: Reuters

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo birorta davlat tomonidan tan olinmagan «Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi» (Arsax)ning mavjudligi 1 yanvar, dushanba kuni rasman tugaydi. Ilgari TQRning barcha davlat muassasalari va tashkilotlari uning so‘nggi «rahbari» Samvel Shahramanyanning 2023 yil 28 sentabrdagi farmoni bilan tugatilgan edi.

Shahramanyanning o‘zi, shuningdek, «hukumat» a’zolari va tan olinmagan respublikaning boshqa rasmiylari Ozarboyjon harbiy harakatlar natijasida bu hududni o‘z nazoratiga qaytarganidan keyin Tog‘li Qorabog‘dan etnik armanlarning ommaviy ko‘chib ketishi paytida aholining katta qismi bilan birga TQRni tark etib, Armanistonga bordi.

Qorabog‘ mojarosi 

TQR 1991 yil 2 sentabrda Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati va Ozarboyjon SSRga tutash hududlarning bir qismi chegaralarida e’lon qilingan. Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro 1991 yildan beri to‘xtamadi, bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar va keng ko‘lamli harbiy harakatlarga aylandi (1992-1994 va 2020). 

2023 yil 19 sentabrda Ozarbayjon Konstitutsiyaviy tuzumni tiklash maqsadida Tog‘li Qorabog‘da «mahalliy aksilterror tadbirlari» o‘tkazilishini e’lon qildi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi - uning shartlaridan biri Tog‘li Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish va arman harbiylarini tan olinmagan respublikadan olib chiqib ketish edi. 

Mavzuga oid
Top